Koreyaga ishga yuboraman deb fuqaroni salkam 14 ming dollarga “uxlatgan” shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyatida fuqaro boshqa bir andijonlikni 13700 AQSH dollariga “uxlatib” ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasi xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 4 iyul kuni Andijon shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 30 iyul kuni Shahrixon tumanida yashovchi 55 yoshli B.D. Andijon shahrida yashovchi 31 yoshli S.B.ni Koreyaga ishlashga yuborishini aytib, aldov yo‘li bilan undan 13700 AQSH dollarini olgan. Fuqaro bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan B.D. qo‘lga olinib, hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik jinoyat Jamiyat

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing