Koreyada O‘zbek jang san’ati ustalari 30 ta medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
02 Sentabr 2019
4059Janubiy Koreyaning Chundju shahrida davom etayotgan Butunjahon jang san’atlari festivali doirasida bugun o‘zbek jang san’ati bo‘yicha ham musobaqa o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston, Rossiya, Kambodja, Hindiston va Filippin terma jamoalari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Turli vazn toifasida o‘tkazilgan jang san’ati yo‘nalishi bo‘yicha musobaqada 69 nafar sportchi o‘z mahoratini namoyish etdi.
Bellashuvlar yakuniga ko‘ra 21 ta oltin, 8 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Hindiston termasi band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Filippin vakillari yakun yasadi.
LiveBarchasi