Koreyada ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi

Olam

image
Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen Inning hayoti qanday kechayotganini ma’lum qildi north_east

Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen Inning hayoti qanday kechayotganini ma’lum qildi

Fevral oyining oxiridan boshlab Koreya Respublikasida amalda bo‘lgan ijtimoiy masofa saqlash rejimi bugun, 6 may kunidan boshlab yumshoqroq rejimga o‘zgartirildi. Bu haqda Respublika hukumati ma’lum qildi.

Tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar va falokatlarga qarshi kurashish bo‘yicha markaziy shtabi ta’kidlashicha, rejimni yumshatish to‘g‘risida qaror mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostiga olinganligi sababli qabul qilindi. Shu munosabat bilan, 6 maydan boshlab ommaviy tadbirlarni taqiqlashni bosqichma-bosqich olib tashlash rejalashtirilmoqda. Shunda ham ommaviy tadbir tashkilotchilari epidemiologik xavfsizlikni ta’minlasalar bunday yig‘ilishlarga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, davlat madaniy muassasalari, jumladan muzey, galereyalar va milliy bog‘lar faoliyati tiklanmoqda. Shuningdek, mamlakatda asta-sekin maktablar va boshqa o‘quv muassasalarini ochish, masofadan ishlaydigan xodimlar sonini kamaytirish rejalashtirilgan. 

Har kuni karantin normal hayotga to‘liq qaytishni anglatmaydi. Fuqarolar jamoat joylarida yurganda ham niqob kiyishlari va ikki metrga yaqin masofani saqlashlari shart. Qo‘llarni muntazam yuvib turish, xonalarni dezinfeksiya qilish va boshqa ehtiyot choralariga rioya qilish talabi saqlanib qolmoqda, deydi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan bog‘liq 10 806 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 9 333 nafari sog‘aygan, 255 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 218 kishini tashkil qilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Janubiy Koreyada

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing