Yana bir mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

Olam

image

Seul va uning atroflarida koronavirusning yangi to‘lqini boshlandi, mamlakatda pandemiya yana bir necha oy davom etishi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreyaning Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazlari (KCDC) tashkiloti rahbari Chon In Gyon ma’lum qildi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar bermoqda.

Uning fikricha, poytaxtdagi pandemiyaning ikkinchi to‘lqini may oyida, Seulning Itevon tumanidagi bir nechta tungi klublarga koronavirus tarqalganidan keyin boshlangan bo‘lishi mumkin. Mutaxassis Janubiy Koreyadagi COVID-19 pandemiyasi kuzgacha davom etishini taxmin qildi.

“Biz dastlab ikkinchi to‘lqin kuzda yoki qishda boshlanadi, deb ishongan edik. Ammo bashoratlarimiz noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Odamlar boshqalar bilan yaqin aloqada bo‘lganda, infeksiya tarqalishi davom etadi”, dedi Chon In Gyon.

“Yonhap” agentligining qayd etishicha, poytaxtda ular yana ijtimoiy masofa rejimini joriy etishlari mumkin. Agar kelgusi kunlarda kunlik infeksiyalar soni 30 kishidan oshsa yoki kasalxonalar 70 foizga to‘lgan bo‘lsa, bu ish amalga oshiriladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 12,4 ming kishi koronavirusga chalingan. 280 kishi infeksiya sababli vafot etgan, 10,8 ming kishi sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Janubiy Koreyada

Baholaganlar

394

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing