Janubiy Koreyada koronavirusga chalinish bo‘yicha 2 oylik rekord qayd etildi

Olam

image

Janubiy Koreyada bir sutkada koronavirusning 79 ta yangi holati qayd etildi. Bu so‘nggi ikki oydagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi xabar berdi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 68 tasi mahalliy aholida, qolganlari xorijdan kelganlar hisoblanadi. Shunday so‘ng, mamlakatda ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 11 444 holatga yetdi. Ta’kidlanishicha, bu so‘nggi 53 kun ichida eng katta kunlik o‘sish hisoblanadi.

Janubiy Koreya Virusga chalinganlar sonining ko‘payishi Buchon shahridagi Coupang logistika markazi bilan bog‘liqligi aniqlangan. U asosiy tavsiyalarga, shu jumladan, kafelardagi ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga amal qilinmaganidan kelib chiqqan.

Kasallikdan vafot etgan bemorlarning soni 269 kishini tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich sutka davomida o‘zgarmagan. Mamlakatda pandemiya davrida jami 10 340 kishi sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Janubiy Koreyada

Baholaganlar

219

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing