Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen Inning hayoti qanday kechayotganini ma’lum qildi
Olam
−
06 may 2020
14142Koreya Respublikasi razvedkasi KXDR yetakchisi Kim Chen Inning yurak jarrohligidan o‘tishi mumkinligini rad etdi. “Yonhap” xabariga ko‘ra, Milliy razvedka xizmati (MRX) vakili bu haqda bugun, 6 may kuni ma’lum qilgan.
“Kim Chen Inning sog‘lig‘i bilan bog‘liq xabarlar bema’nilik. Uning jarrohlik amaliyoti o‘tkazgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q”, deyiladi xabarda.
MRX vakilining ta’kidlashicha, joriy yil boshidan beri KXDR rahbarining ommaviy chiqishlari butun kuzatuvlar tarixida eng kam bo‘lgan, bu ehtimol koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liqdir.
"Shu bilan birga, Shimoliy Koreya hukumati me’yoriy, mutlaqo odatiy rejimda ishlamoqda. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat kengashi raisi Kim Chen In doimgidek o‘z ishlari bilan band", deyiladi ma’lumotda.
Ma’lumot o‘rnida, 11 aprel kuni Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Komiteti (TPK) Siyosiy byurosining ichki siyosat masalalari bo‘yicha yig‘ilishini o‘tkazdi. Shundan keyin 1 maygacha KXDR ommaviy axborot vositalari rasmiy tadbirlarda uning tashrifi haqida xabar berishmadi.
Shundan so‘ng ommaviy axborot vositalarida Kim Chen Inning sog‘ligi yomonlashgani va keyinroq uning vafot etgani haqida gapira boshlandi. Biroq KXDR yetakchisi 2 may kuni omma oldida ko‘rinish berdi.
LiveBarchasi