“Korean and migration xususiy bandlik agentligi” mansabdorlariga sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
14 Sentabr 2020
15279Bugun, 14 sentyabr kuni Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, odamlarni aldagan “Korean and migration xususiy bandlik agentligi” MCHJ mansabdorlariga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvchilar:
• Qahramon Otaqulov (1979 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ direktori);
• Odil Kabilov (1963 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ Namangan viloyat filiali direktori);
• Xushvaqt Turdiyev (1973 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ ta’sischisi);
• Musurmon Aliqulov (1970 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ o‘quv ishlari bo‘limi direktori);
• Anvarjon Shamshiddinov (1983 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ Namangan viloyat filiali ish yurituvchisi);
• Orifjon Jo‘rayev (1983 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ Namangan viloyat filiali g‘aznachisi);
• Mavluda Otajonova (1969 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ hisobchisi);
• Ra’no Nuraliyeva (1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ kadrlar bo‘limi inspektori);
• Kang Nam Kyu (1968 yilda Koreya Respublikasida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ hamkori);
• Jolol Xidirov (1987 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, vositachi);
• Iroda Djabborova (1986 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ agenti);
• Furqat Kamalovga (1970 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, vositachi)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi T. Qosimov tomonidan ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra:
Q. Otaqulov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakillashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
O. Kabilov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
X. Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
M. Aliqulov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi taynlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
A. Shamshiddinov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Ungai uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
M. Otajonova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 yil 9 oy 21 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi hamda tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.
R. Nuraliyeva O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi hamda tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.
O. Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Kang Nam Kyu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
J. Xidirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari bilan aybdor deb topildi. Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
I. Djabborova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi hamda tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.
F. Kamalov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Sudlanuvchilardan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirish belgilandi.
Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.
Eslatib o‘tamiz, “Korean and migration xususiy bandlik agentligi” MCHJ mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi 2019 yilning noyabr oyida ochilgandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, agentlik O‘zbekistonda 2385 kishini 24,8 mlrd so‘m pulga chuv tushirgan.
LiveBarchasi