Koreya Prezidentining qaynonasi qamaldi

Olam

image

Koreya Respublikasi huquq-tartibot idoralari mamlakat Prezidenti Yun Sok Yolning qaynonasi – Chxve In Sunni hisobdagi qoldiq bo‘yicha bank hujjatini qalbakilashtirishda ayblab qo‘lga oldi. Bu haqda bugun, 22 iyul kuni “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Aytish joizki, Chxve In Sun 2013 yilda Seul janubidagi Seongnam shahridan yer uchastkalarini sotib olgan. 2021 yilga kelib u mazkur yer uchastkasi sotib olishda bank hujjatlarini soxtalashtirganlikda ayblangan va 34,7 milliard von (27 million dollar) miqdoridagi depozit sertifikatini qalbakilashtirishda aybdor deb topilgan. Oqibatda sud Prezidentning qaynonasini bir yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. 

Biroq ayol o‘z aybini tan olmagan va apellyatsiya sudiga murojaat qilgan. Lekin apellyatsiya ham sudning qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan. Buni eshitgan 76 yoshli Chxve In Sun sud zalida hushidan ketgan.

Ma’lumot uchun, Koreya Respublikasi Prezidentining qaynonasi 2015 yilda zarur tibbiy litsenziyasiz qariyalar parvarishi muassasasini ochgani uchun davlat tibbiy sug‘urtasi bo‘yicha qariyb 1,7 million AQSH dollari miqdorida nafaqa olishda firibgarlikda ayblangan. U dastlab uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq oxir-oqibat o‘tgan yili Seul sudi tomonidan aybsiz deb topilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iziston Prezidentining jiyani Ulan Japarov bojxonadagi korrupsion jinoyatlarga aloqadorlikda ayblanib, hibsga olingandi. 20 iyul kuni bo‘lib o‘tgan appelyatsiya sudi ham Japarovni hibsda qolishga hukm qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Koreya Seul Yun Sok Yol' qaynona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing