Kontening “taqachisi” 80 soniyada jamoasiga g‘alaba keltirdi

Sport

image

Bugun, 20 yanvar kuni Angliya Premer ligasining 17-tur qoldirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda “Tottenxem” “Lester Siti”ni mag‘lub etdi – 3:2.

O‘yinning 24-daqiqasida “tulkilar” hujumchisi Patson Daka hisobni ochdi. 38-daqiqada esa “shporlar” yetakchisi Xarri Keyn Garri Uinksning uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limning 76-daqiqasida “Lester” yarim himoyachisi Jeyms Meddison yana jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 95-daqiqada zahiradan o‘yinga qo‘shilgan “Tottenxem” hujumchisi Stiven Bergveyn gol urdi – 2:2. Barcha bellashuvning durang natija bilan yakunlanishini kutayotgan bir vaqtda Bergveyn dubl qayd etib, 80 soniya ichida jamoasiga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa Antonio Konte shogirdlari chempionlik uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolishdi.

Uchrashuvni Jonatan Moss boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. 

Ma’lumot uchun, 19 o‘yindan so‘ng “Tottenxem” 36 ochko bilan APL turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Lester” esa 10-pog‘onaga joylashgan. Lesterliklar hisobida 25 ochko bor. 22 uchrashuvdan so‘ng musobaqada peshqadamlik qilayotgan “Manchester Siti” (56 ochko) Angliyaning amaldagi chempioni hisoblanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

APL Tottenxem Lester Konte Bergveyn

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing