Konstitutsiyaning Qoraqalpog‘istonga oid moddalari o‘zgarishsiz qoladi – Prezident

Jamiyat

image

Bugun, 2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Hozirda davlatimiz rahbari Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, Qoraqalpog‘iston faxriylari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish muhokamasi hali davom etayotganini inobatga olib hamda Qoraqalpog‘iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o‘rgangan holda Prezident O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz,1 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, kutilmaganda namoyishlar uyushtirgan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi holatni Nukusda davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinish deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

901

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing