Konor ertangi jangi uchun qancha gonorar oladi?

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, ertaga, 24 yanvar kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da UFC 257 turniri o‘tkaziladi. Turnirning asosiy voqeasi irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor va amerikalik Dastin Porening jangi bo‘ladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Konor Makgregor ushbu jangda raqibidan besh baravar ko‘proq pul ishlab oladi.

Ta’kidlanishicha, jang uchun sobiq UFC chempioni 5 million dollar, amerikalik jangchi esa bir million dollar atrofida gonorar oladi. 

Bundan tashqari, sportchilar pulli translyatsiyalar savdosidan ham foiz olishadi. 

Avvalroq, UFC'ning yengil vazn toifasida amaldagi chempioni rossiyalik Habib Nurmuhamedov ushbu jang natijalari haqidagi taxminlari bilan o‘rtoqlashgandi. 

Shuningdek, Habib ushbu turnirga borishdan bosh tortgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Konor

Baholaganlar

965

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing