Kongoda Ebola qurbonlari soni 500 nafardan oshdi
Olam
−
06 iyul 927 1 daqiqa
Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) Ebola bezgagi tufayli tasdiqlangan o‘lim holatlari soni bir sutkada 14 taga ko‘payib, 506 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Aloqa va ommaviy axborot vositalari ishlari vazirligi kundalik byulletenda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kasallikni yuqtirganlar soni 1 561 nafarni tashkil etmoqda (bir sutka oldingiga qaraganda 33 nafarga ko‘p). O‘lim ko‘rsatkichi – 32,4 foiz.
Shifoxonalar va tibbiy izolyatorlarda 628 nafar bemor kuzatuv ostida turibdi. Oxirgi 24 soat ichida Ebola bilan kasallanish bo‘yicha laboratoriyada tasdiqlangan 33 ta yangi holat aniqlangan. 253 kishi butunlay sog‘aygan.
Muloqotda bo‘lganlarni kuzatib borish ko‘rsatkichi 81,6 foizga yetgan. Ebola bilan kasallanganlar bilan jismoniy aloqada bo‘lgan 10 mingdan ortiq kishi izolyatsiyaga olingan. Virusning inkubatsiya davri 21 kunni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida Bundibugyo shtammi keltirib chiqargan Ebola virusiga qarshi davolash usulini sinovdan o‘tkazish boshlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi