Kongo sharqidagi toshqinlar oqibatida 200 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Olam

image

Kongoning Janubiy Kivu provinsiyasida kuchli yog‘ingarchilik tufayli daryolar toshib ketdi. Oqibatda kamida 176 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “The Guardian” nashri ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, Bushushu va Nyamukubi qishloqlarida tun bo‘yi davom etgan kuchli yomg‘ir Chibira daryosining toshib ketishiga sabab bo‘lgan.

Viloyat gubernatoriga ko‘ra, qurbonlar soni 176 kishini tashkil etgan va yana ko‘p kishi bedarak yo‘qolgan.

Norasmiy ma’lumotlarda keltirilishicha, mahalliy fuqarolik jamiyati vakillari 227 jasad topilganini ma’lum qilgan.

Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Tropik iqlim zonasida joylashgan Kongo Demokratik Respublikasi yomg‘irli mavsumda tez-tez tabiiy ofatlarga duch keladi. Ammo bu kabi hodisalar Janubiy Kivuda kam uchraydi.

Bunday kattalikdagi eng so‘nggi hodisa 2014 yil oktyabrda sodir bo‘lgan, o‘shanda kuchli yomg‘ir 700 dan ortiq uyni vayron qilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko‘ra, o‘sha paytda 130 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan.


Maqola muallifi

Teglar

Kongo qurbonlar toshqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing