Konferensiyalar ligasi finalchilari aniq bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 7 may kuni Konferensiyalar ligasi yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda Angliyaning “Kristal Pelas” va Ispaniyaning “Rayo Valekano” jamoalari musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi.

“Kristal Pelas” yarim final javob uchrashuvida o‘z maydonida Ukrainaning “Shaxtyor” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlarning gollariga Ismaila Sarr (52-daqiqa) hamda “Shaxtyor” himoyachisi Pedro Enrikening avtogoli (25) mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona golini esa, Eguinaldo 34-daqiqada urdi.

Dastlabki uchrashuvda ham “Kristal Pelas” 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Yarim finalning boshqa bahsida “Rayo Valekano” safarda Fransiyaning “Strasburg” klubini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni Alemao 42-daqiqada kiritdi.

“Strasburg” futbolchisi Xulio Enciso qo‘shimcha daqiqalarda penaltidan foydalana olmadi. Birinchi uchrashuvda ham “Rayo Valekano” 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Shu tariqa, “Kristal Pelas” va “Rayo Valekano” Yevropa Konferensiyalar ligasi finali o‘zaro to‘qnash keladi. Hal qiluvchi bahs joriy yilning 27 may kuni Germaniyaning Leypsig shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Konferentsiyalar ligasi “Kristal Pelas” “Rayo Val'ekano”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing