Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasi asosiy bosqichiga chiqdi
Sport
−
28 avgust 2492 1 daqiqa
Kecha, 27 avgust kuni Yevropa Konferensiyalar ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvi doirasida Behruz Kapimov to‘p suradigan Shveysariyaning “Lugano” jamoasi o‘z maydonida “Makkabi Tel-Aviv” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi. Natijada “Lugano” liga asosiy bosqichiga yo‘l oldi.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Birinchi bahsda “Lugano” 2:1 hisobida g‘alaba qozongani bois, shveysariyaliklar ikki o‘yin yakunlariga ko‘ra umumiy 3:2 hisobida ustun kelib, Konferensiyalar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mazkur uchrashuvda o‘zbekistonlik himoyachi Behruz Karimov 82-daqiqada maydonga tushib, “Lugano” safidagi debyut o‘yinini o‘tkazdi. U Renato Shteffen o‘rniga maydonga tushdi.
Shu tariqa, Behruz Karimov Yevropa klublar musobaqasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi va “Lugano” bilan birga Konferensiyalar ligasining umumiy bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr