Kondagi portlash qurbonlari 21 nafarga yetdi
Olam
−
28 Oktabr 2023
3739Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 21 kishiga yetdi. Bu haqda “ArcelorMittal Temirtau” kompaniyasi xabar berdi.
"252 konchidan 208 nafari yer yuzasiga chiqarildi, ulardan 18 nafari tibbiy yordamga murojaat qildi. Shaxtada 23 nafar konchi qolmoqda. 21 nafar konchining jasadi topildi", deyiladi xabarda.
Mamlakat Bosh prokuraturasiga ko‘ra, hokimiyat tomonidan kon yoki qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi) moddasi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlangan.
Shuningdek, voqeaga oydinlik kiritish uchun hukumat komissiyasi tuzilgan.
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kondagi portlashdan so‘ng, “ArcelorMittal Temirtau” bilan investitsiyaviy hamkorlikni to‘xtatishni buyurgan.
Mamlakat Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati esa hukumat kompaniya bilan korxonaga egalik huquqini respublika foydasiga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvni yakunlayotgani haqida xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 oktyabr kuni ertalab Qozog‘istondagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘ldi. Dastlab 11 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.