Qozog‘istonda qiruvchi samolyot halokatga uchradi
Olam
−
25 fevral 7329 1 daqiqa
Bugun, 25 fevral kuni Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida reja asosidagi o‘quv-mashg‘ulot parvozlarini bajarish chog‘ida Su-30SM qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat Muduofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, samolyot ekipaji o‘z vaqtida katapulta qilgan. Uchuvchilar tirik, ularning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid yo‘q. Hozirda ular tibbiyot mutaxassislari nazoratida. Hodisa hududi o‘rab olingan. Aholi va infratuzilma ob’ektlari uchun xavf yo‘q.
“Hodisa sabablari va holatini aniqlash maqsadida Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Parvozlar xavfsizligi departamenti boshlig‘i rahbarligida maxsus komissiya tuzildi. Uning tarkibiga aviatsiya xizmati bo‘yicha mutaxassislar kiritilgan. Tergov yakunlariga ko‘ra, huquqiy baho berilib, tegishli protsessual qaror qabul qilinadi”, deyiladi Mudofaa vazirligida bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada harbiy F-16 qiruvchi samolyoti avtomobil yo‘liga qulab tushgandi va oqibatda uchuvchi halok bo‘lgan edi.
Live
Barchasi