“Komo”ga qarshi bir taym o‘ynagan Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?

Sport

image

A Seriya 27-turidan o‘rin olgan “Roma” - “Komo” uchrashuvi yakuniga ko‘ra, rimliklarning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov “Sofascore” tomonidan 6.5 ballga loyiq ko‘rildi.

3 martga o‘tar kechasi Italiya A Seriyasi 27-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Roma” o‘z uyida “Komo”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bahsda rimliklar safida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va ikkinchi taym boshida almashtirildi. Uning o‘rniga ukrainalik futbolchi Artyom Dovbik maydonga tushirildi. Bir taym o‘ynagan bo‘lsa-da Shomurodov faol harakatlari bilan 6.5 ballga loyiq ko‘rildi. O‘yindagi eng baland bahoni zaxiradan maydonga qo‘shilgan va Dovbikning goliga assist amalga oshirgan Deyvan Rench oldi hamda u 7.7 ballga loyiq ko‘rildi. Shuningdek, Rench o‘yin yakuniga ko‘ra o‘yinning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Uchrashuvda eng past ballni qizil kartochka olgan, “Komo” himoyachisi Kempf oldi va u 6.1 ballga baholandi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Roma” ochkolar sonini 43 taga yetkazib oldi va A Seriya turnir jadvalida 8-o‘rinni band etdi. “Komo” esa 28 ochko bilan 13-pog‘onaga joylashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov A Seriya Komo 27-turi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing