Komilovning o‘rniga kelgan Norov TIVda tanishtirildi
Jamiyat
−
28 aprel 2022
16274Kecha, 27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Vladimir Norov vazirlik hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida jamoaga tanishtirildi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda Norovga ayni paytda Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish ham yuklatilgani ma’lum qilingan.
Vladimir Norov hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Vazirlik hay’ati oldida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Abdulaziz Komilovni Tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etish va uni Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risidagi Farmoni o‘qib eshittirilgan.
Eslatibo‘tamiz, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov salomatligi bilan bog‘liq muammo tufayli xorijda davolanayotgan edi. Ayni vaqtdagi sog‘lig‘i haqida ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot uchun, Abdulaziz Komilov 1947 yilda tug‘ilgan. Hozirda u 74 yoshda. U 2012 yildan beri Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab keladi.
Abdulaziz Komilov so‘nggi bor joriy yilning 17 mart kuni Senat yalpi majlisida ko‘rinish bergan edi. Unda vazir rasmiy Toshkent o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respsblikasi va Lugansk xalq respublikasini tan olmasligi, Ukrainaning hududiy yaxlitligini esa qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi. Shundan so‘ng, u hech qayerda ko‘rinish bermadi. Oy oxirlariga kelib esa, Komilovning xorijda davolanayotgani xabar qilindi.
LiveBarchasi