Zangezur koridorining ochilishi Armanistonga ham foydali bo‘ladi – Vladimir Norov
Olam
−
16 mart
10062O‘zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik shartnomasi qanchalik tez imzolansa, shuncha yaxshi ekanini aytdi. Bu haqda u bugun, 16 mart kuni Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan Xl Global Baku forumidagi chiqishida so‘z ochdi.
Diplomatning aytishicha, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qasamyod marosimidagi nutqida Janubiy Kavkazdagi vaziyat, jumladan Armaniston bilan munosabatlar haqida juda aniq ma’lumotlar bergan.
“Tinchlik shartnomasining tarkibiy qismlaridan biri Zangezur yo‘lagining ochilishidir. Bu, ayniqsa, rasmiy Yerevan uchun jiddiy masala. Zangezur yo‘lagining ochilishi butun mintaqa, jumladan Armaniston uchun ham foydali bo‘ladi. Shuni hisobga olish kerakki, Armanistonning imkoniyatlari Ozarbayjonnikidan kamroq. Shuning uchun Zangezur yo‘lagi ochilishi bilan Armaniston jiddiy imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Ilhom Aliyev O‘zbekiston ham manfaatdor bo‘lgan Zangezur koridori nega muhimligini tushuntirib bergan edi. Aliyev o‘shanda Zangezur transport yo‘lagi Ozarbayjon loyihasi bo‘lib, undan Rossiya, Eron, Turkiya va boshqa qator davlatlar, jumladan O‘zbekiston ham manfaatdor bo‘lishini aytib o‘tgan. U Osiyodan Yevropaga eng qisqa quruqlik yo‘lini ta’minlaydi. Joriy yilda esa Armaniston parlamenti vitse-spikeri Ruben Rubinyan Armaniston hech qachon Ozarbayjonga o‘z hududida koridor berishga rozi bo‘lmasligini bildirgan.
LiveBarchasi