Komilov “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Kecha, 3 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar poytaxt Doha shahrida “Tolibon” harakati delegatsiyasi rahbari Baradar Oxund bilan uchrashdi. Komilov u bilan Afg‘onistondagi tinchlik jarayoni hamda mamlakatga iqtisodiy yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda "Interfaks" xabar berdi.

Qatardagi muzokaralarda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev ham ishtirok etgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonda tinchlikka erishish uchun hamkorlik qilish va mamlakat iqtisodiy sektorida yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyorligini bildirdi, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston vakili shuningdek, rasmiy Toshkent Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashishni xohlamasligini ta’kidlagan.

O‘z o‘rnida Baradar Oxund “Tolibon” O‘zbekistonning tinch yo‘l bilan yechim topishga qaratilgan sa’y-harakatlarini ma’qullashi haqida ma’lum qildi va Afg‘onistonni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Tolibon

Baholaganlar

106

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing