Kollej va texnikumlarda beriladigan davlat namunasidagi hujjatlar tasdiqlandi

Jamiyat

image
Kollej va texnikumlarga kirish uchun imtihon o‘tkazish tartibi belgilandi north_east

Kollej va texnikumlarga kirish uchun imtihon o‘tkazish tartibi belgilandi

Professional ta’lim muassasalarida beriladigan davlat namunasidagi yangi hujjatlar bosqichma-bosqich ishlab chiqilmoqda va tasdiqlanmoqda. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi “Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi 734-son qarori qabul qilindi. 

Mazkur qaror bilan:

•    Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risidagi diplomlarning davlat namunalari va tavsifi;

•    Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risidagi diplomlar ilovasining davlat namunasi;

•    Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida qo‘shimcha kvalifikatsiyalarni egallash bo‘yicha sertifikatning davlat namunasi va tavsifi;

•    Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida beriladigan akademik ma’lumotnomaning davlat namunasi tasdiqlandi.

Muhim: Professional ta’lim to‘g‘risidagi diplom va sertifikatlarga axborot texnologiyalarni joriy etish orqali individual QR-kod qo‘yish tizimi hamda uning dasturiy ta’minoti yaratiladi.

Diplom blankalariga QR-kod tizimini joriy etish diplom va sertifikat yozishda inson omili ta’sirini qisqartiradi va kelgusida diplom va sertifikatning haqiqiyligini ushbu kod orqali har qanday shaxs dasturdan foydalangan holda aniqlik kiritishi mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

kollej texnikum

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing