Koinotdagi yadro mojarosi: Rossiya AQSHni “ko‘z-qulog‘i”dan ayirmoqchimi?

Olam

image

Rossiya koinotga yadro qurolini olib chiqishi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Rossiya yadro qurolidan foydalangan holda, katta ehtimol bilan sun’iy yo‘ldoshlarni ishdan chiqarishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu avvalroq, Rossiya koinotda yadro quroliga ega emasligi va mamlakatning bunday rejasi ham yo‘qligini aytib o‘tgandi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hali orbital qurollarni portlatishni rejalashtirmagan bo‘lishi mumkin, biroq kutilmagan holatda bo‘lsa ham yadroviy portlash global aloqaga jiddiy zarar yetkazishi va Yer sun’iy yo‘ldoshlarining uchdan biriga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Amerika ommaviy axborot vositalari va siyosatchilari o‘tgan hafta boshidan beri Rossiyaning kosmosda yadro qurolini joylashtirish tahdidi haqida jar solmoqda. 

Shunday qilib, 14 fevral kuni AQSH Vakillar palatasining razvedka qo‘mitasi raisi Mayk Tyorner AQSH Kongressida “Milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid” mavzusida yopiq brifing o‘tkazgan. Keyinroq AQSH Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining aniqlik kiritishicha, bu Rossiyaning sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollarni ishlab chiqishi bilan bog‘liq. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika Prezidenti Jo Bayden Moskva bilan bu masala bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘tkazishni buyurgan va ular allaqachon RF Mudofaa vaziri bilan bog‘lanishgan.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq, bu da’volarni Kongressni Ukrainaga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ovoz berishga qaratilgan “Oq uyning hiylasi” deb atagan. Prezident Vladimir Putin Rossiya kosmosda yadro qurolini joylashtirishga qat’iyan qarshi ekanini aytib o‘tdi. 

Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Moskva koinotda bunday qurollarni joylashtirmagan va kelgusida ham bunday niyati yo‘q.

Otaboyeva Madina


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing