Kobuldagi harbiy universitetda portlash yuz berdi

Olam

image
Hayoti do‘zahga aylan(tiril)gan bolalar faryodi: Urush maydonlaridan gapiramiz north_east

Hayoti do‘zahga aylan(tiril)gan bolalar faryodi: Urush maydonlaridan gapiramiz

Bugun, 11 fevral kuni Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi harbiy universitetda portlash yuz berdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Portlash natijasida avtomobilda bo‘lgan hudkush-terrorchi bilan birga 6 kishi halok bo‘lgan, 12 kishi jarohatlangan.

“Hudkush-terrorchi o‘zining portlovchi qurilmasini taxminan soat 7:00 da Chor Rohi Qambar tumanida portlatgan. Natijada uch harbiy va 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 12 kishi jumladan, 5 nafar oddiy fuqaro jarohatlandi”, degan Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi vakili.

Vazirlik qurbonlar soni ortishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Portlash Marshal Faxim nomidagi Milliy mudofaa universitetining asosiy darvozasi oldida harbiy kursantlar va xodimlar yig‘ilib, kirish uchun kutib turganda yuz bergan. Portlash yo‘lda harakatlanib ketayotgan avtomobillarga ham zarar yetkazgan. 

Afg‘onistonda faoliyat yuritishuvchi hech bir guruh hozircha portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston terakt portlash

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing