Hayoti do‘zahga aylan(tiril)gan bolalar faryodi: Urush maydonlaridan gapiramiz
Tahlil
−
01 fevral 2020
22711Dunyo dunyo bo‘libdiki insoniyat urush degan baloni boshdan kechirib keladi. Urushlar mamlakat iqtisodiyoti, ijtimoiy muhit va taraqqiyotga jiddiy zarar yetkazishi hech kimga sir emas. Shuningdek, urushlar millionlab murg‘ak bolalarni eng huzurbaxsh davridan, ya’ni bolalaligidan va yorqin kelajakdan mosuvo qiladi. Millionlab bolalarni ana shunday bebaho narsalardan mahrum qilayotgan shunday urush o‘choqlari borki, biz sizni ulardan ba’zilaridagi bolalar ahvoli bilan tanishtirib o‘tamiz.
• Hozirda dunyo bolalarining deyarli beshdan bir qismi ya’ni 420 million nafari urush bo‘layotgan hududlarda yashamoqda. Bu ko‘rsatkich 2016 yildan beri 30 millionga ortgan
• Urush hududlarida yashayotgan bolalarning ko‘lami Sovuq urush davridan beri ikki barobarga oshgan.
• 142 million bola yuqori ziddiyatli hududlarda yashamoqda.
• "Bolalarni asrang" yangi tahlili shuni ko‘rsatadiki, BMT tomonidan xabar qilingan va tasdiqlangan nizolarda bolalar huquqlarining "jiddiy buzilishi" 2010 yildan beri deyarli uch baravarga ko‘paygan.
• Har yili yuz minglab bolalar mojarolarning bilvosita oqibatlari, jumladan kam ovqatlanish, kasallik, suv taqchilligi va sanitariya buzilishlari natijasida halok bo‘lishadi.
Sudan
Mamlakatning umumiy aholisi 40,8 million. Shundan 38 foizi – 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar. 2011 yildagi fuqarolik urushi tufayli hozirgi kunda 5,5 million inson yordamga muhtoj ularning 2,6 millioni bolalar hisoblanadi. Urush oqibatida umumiy 2 million odam o‘z yashash hududini tark etgan bu ko‘rsatkich bo‘yicha bolalar soni – 1,8 million. Qochoqlar lagerida yashayotganlarning 61%i – bolalardir.
Maktab yoshidagi 1,5 million bola ta’limga muhtoj. Ularning 800 000 nafari qochqinlar lagerida yashamoqda. Qochqinlaring 40%i – maktab yoshidagi bolalar. Ularning 52%i maktaga bormaydi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2,3 million bola ochlikdan aziyat chekmoqda va besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining deyarli yarmi to‘yib ovqatlanmaslik bilan bog‘liq. Mamlakatning 18 shtatidan 11 tasida to‘yib ovqatlanmaslik 15%dan yuqori. Bu Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) standartlariga muvofiq favqulodda holatlardan yuqori.
Sudandagi xar oltita bolaning bittasi toyib ovqatlanmaydi.
Konservativ hisob-kitoblarga ko‘ra, 2011 yildan beri mojarolarda halok bo‘lgan bolalar soni 383 mingdan oshdi, lekin haqiqiy ko‘rsatkich bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Yaman
Bu mamlakatda 2015 yildan buyon urush harakatlari ketmoqda. 2019 yil noyabr oyida berilgan UNICEF hisobotiga ko‘ra:
• 2015 yil 26 martdan 2019 yil noyabr oyigacha 2867 bola o‘ldirilgan. Ularning 1992 nafari o‘g‘il, 826 nafari esa qiz bola. 49 tasining jinsi noma’lum;
• Shu yillar davomida 4846 bola jarohat oldi (shundan 3546 nafari – o‘g‘il; 1300 nafari – qiz);
• 3326 nafar bola janglarda qatnashgan (shundan 3226 nafari – o‘g‘il, 57 nafari – qiz).
• Ta’lim muassasalariga 362 marta hujum uyushtirilgan yoki harbiy maqsadda foydalanilgan;
• Sog‘liqni saqlash muassasalariga 146 marta hujum uyushtirilgan yoki harbiy maqsadlarda foydalanilgan;
• Shu yillar davomida voyaga yetmaganlar nikohi ko‘paydi. Jumladan 2016 yilda 18 yoshga to‘lmagan qizlarning 52 foizi turmush qurgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2017 yilda 68 foizga yetdi;
• Taxminan 2 million yamanlik bola to‘yib ovqatlanmaydi, ularning orasida besh yoshgacha bo‘lgan 360 mingga yaqin bolalar ochlikni boshdan kechirmoqda va omon qolish uchun kurashmoqda;
• Urush tufayli 2000 ta maktab yaroqsiz holatga kelgan. 4 million maktab yoshidagi bola ta’lim olishga muhtoj;
• Taxminan 18 million kishi ( ularning 9,2 million nafari bolalar) toza suv, sanitariya va gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega emas.
Afg‘oniston
Qo‘shni mamlakat UNICEF hisobotida tug‘ilish uchun eng yomon mamlakat deb ta’riflandi. Urush tufayli mamlakatdagi bolalar ahvoli havas qiladigan darajada emas. Hisobotga ko‘ra:
• 2009 – 2019 yillar oralig‘ida 6463 nafar bola o‘ldirilgan va 14 957 nafar bola esa jarohatlangan;
• Shu yillar davomida 162 maktab yaroqsiz holatga kelgan va maktab yoshidagi bolalarning teng yarmi ta’lim olishdan mahrum;
• 2 million afg‘on bolasi to‘yib ovqatlanmaydi ulardan 600 000 ga yaqini ochlikning eng xavfli bosqichida;
• Har yili voyaga yetmagan qizlarning 2/3 qismi turmushga chiqadi.
Suriya
2014 yilda boshlangan fuqorolik urushi bu mamlakatni bolalar uchun do‘zahga aylatirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. UNICEF o‘z hisobotida bu mamlakatdagi bolalar ahvoli haqida quydagilarni keltirib o‘tdi:
• 2014 yildan buyon 4500 dan ortiq bola o‘ldirilgan 3500 ortiq bola esa jarohatlangan;
• 3800 nafar bola janglarda qatnashishga majbur bo‘lgan;
• 360 mingga yaqin bolalar urush o‘choqlarida yashashga majbur;
• 2,5 millionga yaqin bola mamlakat tashqarisidagi qochqinlar lagerida yashamoqda;
• Shu yillar davomida 385ta maktabga hujum qilingan, 50 dan ortiq ta’lim muassasalaridan harbiy maqsadda foydalanilgan. Shu sabab 2 millionga yaqin maktab yoshidagi suriyalik bolalar ta’lim olish imkoniyatiga ega emas. Bulardan 1,3 million nafari boshlang‘ich ta’limsiz qolib ketish xavfi bor;
• Har 5 nafar bolaning 1 tasi ekstremal sharoitda yashamoqda (o‘lim xavfi, qullik, zo‘ravonlik).
Somali
Yigirma yildan ortiq davom etgan mojarolar, asosan Somalining janubida, infratuzilma, iqtisodiyot va ko‘pgina institutlarni yo‘q qildi. Siad Barre hukumati qulaganidan so‘ng, 1991 yil yanvarda mamlakat parchalanib ketdi. 2012 yilda Mogadishuda yangi federal hukumat tuzildi va Somalidagi Afrika Ittifoqi Missiyasi (AMISOM) kuchlari Somali kuchlariga Al-Shabaab guruhiga qarshi kurashish uchun qo‘shildi. Hozirda janubda ziddiyatlar davom etmoqda. Bu urush boshqa urushlar kabi Somali bolalari hayotiga jiddiy putur yetkazdi. UNICEF o‘z hisobotida bu zararning “natijalari” bilan o‘rtoqlashdi:
• Somalidagi urush mobaynida 5279 nafar bola o‘ldirilgan;
• Mamlakat bo‘ylab 2.8 million bola har tomonlama yordamga muhtoj;
• 940 ming bola to‘yib ovqatlanmaydi;
• 2 millionga yaqin bola hanuzgacha shoshilinch tibbiy yordam va oddiy sanitariya xizmatlaridan foydalanishga muhtoj;
• milliondan ortiq maktab yoshidagi bolalar maktabga bormaydi;
• 2,6 million kishi o‘z bolalari bilan o‘z yashash joylarini tark etgan.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi