Klopp koronavirusga qarshi emlashni qo‘llab-quvvatladi

Sport

image

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp koronavirusga qarshi emlashni qo‘llab-quvvatladi.

“Axloqiy nuqtai nazardan, bu har bir inson uchun majburiy bo‘lishi kerak. Agar men biror narsa qilsam va u atrofimdagi odamlarga yordam bersa, men uchun majburiydir. Ammo ba’zi odamlar buni boshqacha ko‘rishlari aniq. Hozir 54 yoshdaman va siz odamlarni to‘g‘ri ish qilishiga ishontira olishingizga chin dildan ishonaman, lekin bu vaziyatda ishonchim komil emas. Angliyada emlash holati, masalan, Germaniyaga qaraganda ancha yaxshi”, deydi Klopp “The Independent” nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “qizillar” tarkibida Virjil Van Deyk, Fabino va Kyortis Jonsning koronavirusga qarshi topshirgan testlari musbat natija bergan va ular izolyatsiyaga olingan.

Ma’lumot uchun, Angliya Premer ligasining 17-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Liverpul” “Nyukasl”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va ushbu g‘alaba bosh murabbiy Yurgen Klopp uchun APLda 237 o‘yinda qozonilgan 150-g‘alaba sifatida qayd etildi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

APL Koronavirus Van Deyk Klopp Vaktsinatsiya Fabin'o

Baholaganlar

4

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing