Salohning sobiq jamoadoshi “Trabzonspor”ga qo‘shildi
Sport
−
10:12 411 1 daqiqa
“Liverpul” bilan Chempionlar ligasi va Angliya Premer-ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan braziliyalik futbolchi Fabino Turkiyaning “Trabzonspor” klubiga o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning avgust oyining boshida “Trabzonspor” Fabinoning “Liverpul”dagi sobiq jamoadoshi, misrlik hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnoma imzolaganini ham ma’lum qilgan edi.
32 yoshli Fabinoning so‘nggi klubi Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi bo‘lgan. Braziliyalik futbolchi 2025-2026 yilgi mavsum yakunida shartnomasi tugagani sababli klubni tark etdi.
Fabino 2018 yildan 2023 yilgacha “Liverpul” safida to‘p surgan. U “qizillar” bilan Angliya Premer-ligasi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, Angliya Kubogi, Angliya Liga Kubogi va Angliya Superkubogida g‘olib chiqqan.
Ma’lumot uchun, “Trabzonspor” Turkiyaning yetti karra chempioni hisoblanadi. Klub o‘tgan mavsumda mamlakat chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan va Yevropa ligasining asosiy bosqichiga chiqish uchun pley-offda ishtirok etadi.
Live
Barchasi