Rahbar Klichko yurtdoshlarini 2222 yil bilan tabrikladi (video)
Sport
−
28 dekabr 2021
3923Professional boksning superog‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni va Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko Yangi yil bayrami tabrigi chog‘ida ukrainaliklarga 2222 yilni yaxshi kutib olishlarini tiladi.
“Biz yaxshi kayfiyatdamiz va yangi... 2220... 2222 yilni kutib olamiz”, deydi katta Klichko o‘z murojaatida.
Vitaliy o‘z nutqlari davomida tushunarsiz jumlalardan foydalanishi bilan mashhur. Ulardan biri: “Bugun ertagani hamma ham ko‘ra olmaydi. To‘g‘rirog‘i, hammasini hech kim ko‘ra olmaydi, balki buni juda kam odam qila oladi”.
Eslatib o‘tamiz, Vitaliy Klichko so‘nggi jangini 2012 yilning sentyabrida Manuel Charrga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi. “Temir doktor” umumiy hisobda 45 ta g‘alaba (shundan 41 tasi nokaut) va ikkita mag‘lubiyat qayd etgan.
LiveBarchasi