Kiyevliklar Klichkoning iste’fosini talab qilib, mitingga chiqdi
Olam
−
19:49 1052 2 daqiqa
Bugun, 17 oktyabr kuni Ukraina poytaxti markazidagi Kiyev shahar davlat ma’muriyati binosi oldida shahar meri Vitaliy Klichkoning iste’fosini talab qilib miting o‘tkazildi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir necha yuz nafar namoyishchi Kiyev rahbariyatini kuz-qish mavsumiga yomon tayyorgarlik ko‘rganlik, kommunal siyosat, yashil hududlardagi noqonuniy qurilishlar va boshpanalar bilan bog‘liq muammolar uchun tanqid qilgan. Parallel ravishda maydonda shahar hokimini qo‘llab-quvvatlovchilar guruhi ham to‘plangan.

Vitaliy Klichko avvalroq Ukraina markaziy hokimiyati mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishni yo‘q qilish uchun shahar ma’muriyatiga qarshi axborot kampaniyasi tashkil etganini va shahar ehtiyojlari uchun moliyalashtirishni bloklayotganini ma’lum qilgan.

Oliy Rada deputatlari oldida so‘zga chiqqan mer poytaxt havo hujumidan mudofaa tizimi ishidagi uzilishlar va uni mustahkamlash uchun ajratilgan milliardlab grivnalarning sarflanishi sabablari haqidagi savollarga javob berishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 oktyabr kuni shahar hokimi infratuzilmaga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlar tufayli suv ta’minoti tizimidagi keng ko‘lamli inqiroz xavfi sababli aholiga shaharni vaqtincha tark etishni tavsiya qilgan edi.
Ukraina Prezidenti ofisi va Kiyev meri ma’muriyati o‘rtasidagi ochiqchasiga qarama-qarshilik qishgi davrda muhim energetika va kommunal infratuzilmaning shikastlanish xavflari fonida davom etmoqda.
Ukraina poytaxtidagi shahar himoya inshootlarining (boshpanalar va bombapanohlarning) xavfsizligi va tayyorgarligi munitsipal va markaziy tuzilmalar o‘rtasidagi tizimli tekshiruvlar hamda o‘zaro ayblovlar mavzusiga aylanmoqda.
Live
Barchasi