KXDRning kundalik gazetasi Kim Chen In suratisiz chiqdi

Olam

image
Kim Chen Inning “o‘limi”: Shimoliy Koreyani nima kutyapti, merosxo‘rlar qatorida kimlar bor? north_east

Kim Chen Inning “o‘limi”: Shimoliy Koreyani nima kutyapti, merosxo‘rlar qatorida kimlar bor?

Kecha, 28 aprel kuni Shimoliy Koreyaning “Nodon Sinmun“ kundalik gazetasi mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning suratisiz chiqdi. Ushbu gazeta mamlakatning asosiy kundalik gazetalaridan biri hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, bunday hol shu hafta ichida ikkinchi bor takrorlanmoqda. Bundan oldin ushbu gazeta hech qachon davlat rahbari suratisiz chiqmagan.

Bu Amerika va Yaponiya ommaviy axborot vositalarida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani yoki uning o‘limi haqidagi mish-mishlar fonida ro‘y berdi. Tegishli mish-mishlarga ko‘ra, yetakchi rahbar uzoq vaqt jamoatchilik oldida ko‘rinmagan.

Shu bilan birga, Janubiy Koreya rasmiylarining ta’kidlashicha, KXDRda g‘ayritabiiy faoliyat kuzatilmagan va mamlakat rahbari o‘z ishini davom ettirmoqda. Koreya markaziy telegraf agentligi 27 aprel kuni Kim Chen In Janubiy Afrika Respublikasi Prezidentiga tabrik telegrammasi yo‘llaganini xabar qildi.

Kecha, 28 aprel kuni Kreml matbuot xizmati KXDRning taniqli yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i haqida rasmiy ma’lumotlarga ega emasligini bildirdi. Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp bu borada tafsilotlarni bilib olganligini, ammo ularni ommaga oshkor qilishga tayyor emasligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In 11 apreldan buyon omma oldida ko‘rinish bermaydi. Bu orada uning yurak jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgani haqida gaplar tarqaldi. Oradan vaqt o‘tib uning vafot etgani haqida rasmiy manbalarga tayanilgan xabarlar paydo bo‘ldi.

25 aprel kuni Gonkongda joylashgan HKSTV sun’iy yo‘ldosh radioeshittirish kompaniyasi vitse-prezidenti Kim Chen Inning vafoti haqida xabar qilgan edi. KXDR davlat radiosi esa mamlakat fuqarolariga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘limi haqidagi mish-mishlarga qaramay uning faoliyatini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In

Baholaganlar

409

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing