KXDRda koreyslararo aloqa idorasi portlatib yuborildi (video)

Olam

Janubiy Koreya harbiylari KXDRdagi Keson sanoat kompleksi hududida joylashgan koreyslararo aloqa idorasi binosining portlashi aks etgan videoni e’lon qildi.

Kadrlarda binoning portlashi va qulashini ko‘rish mumkin.

Koreya Markaziy telegraf agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, portlash "xalqning g‘azabi”ni ifodalaydi.

Ma’lumot uchun, 2018 yilning aprel oyida Pxanmunchjom chegara postida bo‘lib o‘tgan sammit yakunlari bo‘yicha Janubiy Koreya va KXDR rahbarlarining kelishuvlariga muvofiq qo‘shma shimoliy-janubiy aloqa bo‘limi ochilgan edi. Ofis 2007 yilda qurilgan binoda joylashgandi.

Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar yana keskinlashdi. Janubiy Koreya tashviqot varaqlarini tarqatishni boshlagach, shimol tomoni bu haqda ogohlantirishlar bilan chiqdi.

Janubiy Koreya va AQSH harbiylari KXDRdagi xavfsizlik holatini diqqat bilan kuzatib, o‘zaro harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirmoqda.

9 iyun kuni Koreya ayollar sotsialistik ittifoqi a’zolari tomonidan Janubiy Koreya rasmiylari va KXDR qochqinlarining harakatlarini qoralagan norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq, KXDR rasmiylari Shimoliy Koreyaga targ‘ibot varaqalarini yuborganiga javoban Janubiy Koreya bilan barcha aloqa vositalarini to‘xtatgan edi.

Ushbu voqealarga o‘z munosabatini bildirar ekan, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi tashviqot bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Kim Ye Chjo "agar Janubiy Koreya rasmiylari, bu vaziyatning davom etishiga imkon bersa, buning javobining narxi yuqori bo‘ladi", degan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya KXDR

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing