KXDRda 3 ta so‘zni ishlatish taqiqlandi
Olam
−
13 Sentabr 26499 2 daqiqa
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatda “gamburger”, “karaoke” va “muzqaymoq” so‘zlaridan foydalanishni taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, qaror ularni mahalliy ekvivalentlarga almashtirish zarurati bilan bog‘liq. Jumladan, “gamburger” so‘zi “dajin-gogi-geoppan” (qiyma go‘shtli qo‘sh non) bilan almashtiriladi. Kimning qarori bilan endilikda gidlar “muzqaymoq”ni “eskimo”, karaokeni esa “ekranga hamrohlik qiluvchi mashinalar” deb aytishi kerak.
Manbada yozilishicha, Vonsan kurortida rossiyalik va xitoylik mehmonlarni qabul qiladigan sayyohlik gidlariga G‘arb va Janubiy Koreyada mashhur bo‘lgan inglizcha so‘zlardan qochish tavsiya qilingan. Ayni paytda 20-30 ga yaqin gid Shimoliy Koreya lug‘atiga ko‘nikish va chet eldan so‘z o‘zlashtirmaslik uchun intensiv treningda o‘qimoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreyaning Kalmaskiy yarimorolida joylashgan Vonsan-Kalmas kurort zonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Turistik hududda bir vaqtning o‘zida 20 ming kishiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan mehmonxonalar va dam olish maskanlari qurilgan bo‘lib, ular mahalliy va xorijiy sayyohlarning istaklariga mos ravishda tanlash imkonini beradi. Kurort hududida dengizda cho‘milish uchun inshootlar, sport va o‘yinlar uchun maydonchalar, shuningdek, madaniy dam olish joylari, savdo rastalari va umumiy ovqatlanish nuqtalari tashkil etilgan.