Shimoliy va Janubiy Koreya mojarosi qo‘zg‘alishi mumkin. O‘zaro kelishuv bekor bo‘ldi
Olam
−
23 noyabr 2023
9204Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan 2018 yil 19 sentyabrdagi harbiy keskinlikni kamaytirish bo‘yicha kelishuvni bekor qildi. Bu haqda KXDR Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“Biz barcha sohalarda: quruqlik, dengiz va havoda harbiy keskinlikni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan voz kechib, chegara hududlariga kuchli qo‘shinlar va zamonaviy qurollarni joylashtiramiz”, deya vazirlik bayonotini keltirgan mamlakat markaziy axborot agentligi.
Shuningdek, KXDR Janubiy Koreyani vaziyatni “nazorat qilib bo‘lmaydigan” holatga keltirgan “qasddan va provokatsion manevrlar”da ayblagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreyada bortida ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan ballistik raketa uchirilgandi. Ushbu uchirish muvaffaqiyatli bo‘lganini iddao qilishdi.
Shundan so‘ng, Janubiy Koreya KXDR bayonotiga javoban harbiy keskinlikni kamaytirishga qaratilgan 2018 yilda imzolangan mamlakatlararo kelishuv qismlarini amalga oshirishni to‘xtatish choralarini ko‘rishini bildirgan. Harakat mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy chegara chizig‘i atrofidagi hududda razvedka va kuzatuv operatsiyalarini qayta boshlashni o‘z ichiga oladi.