KXDR Janubiy Koreya bilan aloqa o‘rnatmaslikni konstitutsiyada belgilamoqchi
Olam
−
14 avgust 2654 2 daqiqa
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan munosabatlarni yaxshilash niyati yo‘qligini konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni rejalashtirilmoqda. Bu haqda Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘limi rahbar o‘rinbosari, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon ma’lum qildi.
U Janubiy Koreya tomonidan tarqatilgan Pxenyan chegaradagi ovoz kuchaytirgichlarni demontaj qilgani haqidagi xabarlarni rad etgan va Seulni “AQSHning sodiq xizmatkori va ittifoqchisi” deb atagan. Kim Yo Chjonning so‘zlariga ko‘ra, KXDR Janubiy Koreyani “dunyodagi eng dushmanona davlat” deb biladi va munosabatlarni yaxshilashga umid qilish “cho‘lda gullar ochilishiga umid qilish” bilan barobar. U bu qat’iy pozitsiya kelgusida konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilishini ham bildirgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yil kuzida KXDR konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritilib, Janubiy Koreya rasmiy ravishda “dushman davlat” sifatida belgilangan. 2024 yil yanvarida Kim Chen In Janubiy Koreyaga “asosiy dushman” maqomini berish, urush yuz bergan taqdirda uning hududini KXDR tarkibiga qo‘shish va tinch yo‘l bilan birlashish haqidagi eslatmalarni asosiy qonundan olib tashlashni taklif qilgan. Shuningdek, 2024 yil noyabrida u KXDR armiyasi batalyon qo‘mondonlari oldida qilgan chiqishida urushga tayyorgarlikni yakunlash zarurligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mondonligi Janubiy Koreya harbiylari Shimoliy Koreya bilan chegaradagi targ‘ibot maqsadida ishlatilgan ovoz kuchaytirgichlarni demontaj qilishni boshlagani, keyinroq esa bunga javob sifatida Shimoliy Koreya ham Janubiy Koreya bilan chegaradagi targ‘ibot maqsadida o‘rnatilgan karnaylarni olib tashlash ishlarini boshlaganini xabar qilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr