KXDR Yapon dengiziga yana raketa uchirdi
Olam
−
12 may 2022
4380Shimoliy Koreya Yapon dengiziga noma’lum ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lum qildi.
“Shimoliy Koreya Yapon dengiziga noma’lum ballistik raketa uchirdi”, deyilgan xabarda.
Parvoz masofasi, raketaning eng yuqori parvoz balandligi va boshqa tafsilotlar Janubiy Koreya harbiylari tomonidan tahlil qilinmoqda.
Bu Shimoliy Koreyaning 2022 yilda o‘tkazgan 16-raketa sinovidir. Shimoliy Koreya oxirgi marta joriy yilning 7 may kuni Yapon dengiziga qisqa masofali ballistik raketa uchirgan. O‘shanda Pxenyan raketa uchirilganini rasman e’lon qilmagan va u qanday raketa ekanligi haqida izoh bermagan. Bungacha ballistik raketa uchirilishi joriy yil 4 may kuni bo‘lib o‘tgan.
LiveBarchasi