KXDR tarixda kuzatilmagan “zarba”ga duch kelgani e’lon qilindi 

Olam

image

KXDR yuqumli kasallikning tarqalishi tufayli respublika tashkil etilgandan beri eng katta zarbani boshidan kechirmoqda. Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ma’lum qildi. 

“Bosh kotibga (Kim Chen In — tahr.) ko‘ra, yangi koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq global vaziyat jiddiy bo‘lsa-da, bu xavfli yuqumli kasallikning mamlakatimizda tarqalishini uning paydo bo‘lganidan beri eng katta zarba deyish mumkin. Uning ta’kidlashicha, virusga qarshi choralarni amalga oshirishga e’tiborni yo‘qotmasak, tashkilotchilik va nazoratni saqlab qolsak, infeksiyaga qarshi kurashni kuchaytirsak, inqirozni yengib chiqa olamiz”, deyiladi Markaziy telegraf agentligi xabarida. 

Qayd etilishicha, joriy yil aprel oyining oxiridan 13 mayga qadar mamlakat bo‘ylab 524 440 dan ortiq odamda yuqori isitma aniqlangan, ularning 243 mingdan ortig‘i tuzalib ketgan, 288 mingdan ortiq fuqaro hamon izolyatsiyada va davolanmoqda. Hammasi bo‘lib 27 kishi halok bo‘lgan, ulardan birida BA.2 koronavirus shtammi (omicron) aniqlangan. Shimoliy Koreya Kim Chen Inning ko‘rsatmasi bilan “yuqori darajadagi favqulodda epidemiyaga qarshi tizim” o‘rnatgan, barcha shahar va tumanlarda lokdaun joriy etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, shu haftada KXDR pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta mamlakatda koronavirus holatlari aniqlangani haqida xabar berdi. 


Maqola muallifi

Teglar

KXDR

Baholaganlar

570

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing