KXDR Rossiyaga dron yig‘ish uchun 25 ming kishi yubormoqchi – OAV

Olam

image

Shimoliy Koreya Rossiyaga 25 ming nafargacha fuqarosini dronlar ishlab chiqarish va boshqarishni o‘rganish uchun yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya va G‘arbdagi diplomatik manbalarga tayanib, Yaponiyaning NHK telekanali xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, shimoliy koreyalik ishchilar Tataristonning Elabuga shahrida joylashgan “Geran” uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarish korxonasida o‘qitiladi. KXDR Rossiyani dron ishlab chiqarishda qo‘llab-quvvatlashni istamoqda.

Bungacha Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov Rossiya Shimoliy Koreyaga uzoq masofali zarbli dronlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda yordam bera boshlaganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, KXDR hududida “Garpiya” va “Geran” turidagi dronlar ishlab chiqarilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Budanov ayrim dronlar Rossiyaga qayta eksport qilinishi mumkinligini aytgan. Ular Ukraina urushida ishlatiladi.

Hozirda Rossiya oyiga taxminan 2000 dona dron ishlab chiqarmoqda, biroq bu raqamni 5000 tagacha oshirishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu KXDRga tashrif buyurib, Pxenyan Kursk viloyatiga ming nafar muhandis-sapyor va 5000 kishilik quruvchilar batalyoni yuborishini ma’lum qilgan. Bu Shoyguning bir oy ichida Shimoliy Koreyaga qilgan ikkinchi tashrifi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing