KXDR bir haftada to‘rtinchi marta raketa sinovini o‘tkazdi
Olam
−
01 Oktabr 2022
4428Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon ikkita noma’lum ballistik raketa uchirdi. Bu haqda bugun, 1 oktyabr kuni Janubiy Koreyaning “Yonhap” agentligi harbiylarga tayanib xabar berdi.
“Reuters” agentligining ta’kidlashicha, raketalar katta ehtimol bilan Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushgan.
Bu Shimoliy Koreyaning so‘nggi yetti kundagi to‘rtinchi va yil boshidan beri 22-raketa sinovidir. Oxirgi sinov 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Janubiy Koreya harbiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, KXDRning ikkita ballistik raketasi taxminan 350 km masofani bosib o‘tgan, ularning parvozining maksimal balandligi taxminan 50 km bo‘lgan.
Bundan oldin ham KXDR 25 va 28 sentyabr kunlari raketa sinovini o‘tkazgandi.
LiveBarchasi