KXDR AQSH bilan aloqalarni tiklash uchun shart qo‘ydi 

Olam

image

KXDR rasmiylari Vashington Pxenyanga nisbatan dushmanlik siyosatidan voz kechmaguncha AQSH Prezidenti Jozef Bayden ma’muriyati bilan bog‘lanmasliklarini ma’lum qildi. Bu haqda "Yonhap" agentligi xabar bermoqda. 

"KXDR AQSH dushmanlik siyosatidan voz kechmaguncha u bilan aloqa o‘rnatmasligini e’lon qiladi", deyilgan xabarda. 

Bundan tashqari, KXDR tomonlarga teng sharoit yaratib berilmaguncha muzokaralarni rad etishini ma’lum qilgan. 

Avvalroq, Davlat departamenti vakili Jalina Porter AQSH KXDR bilan bir necha kanal orqali bog‘lana olmayotganini aytgan edi. 

Porterning so‘zlariga ko‘ra, Vashington "eskalatsiyani oldini olish" uchun Pxenyan bilan aloqada bo‘lishga harakat qilgan. 

Uning ta’kidlashicha, AQSH Shimoliy Koreya bilan diplomatik aloqalarni davom ettirmaydi, ammo Nyu-Yorkdagi BMTning qarorgohida KXDRning doimiy vakolatxonasi o‘z faoliyatini davom ettiradi. 

AQSH va KXDR o‘rtasidagi faol muloqot bir yil oldin, mamlakatning sobiq Prezidenti Donald Tramp davrida to‘xtab qolgan. Ammo buning sababi ochiqlanmagan. 

Ma’lumot uchun, Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari bilan uchrashgan birinchi AQSH Prezidenti bo‘lgan. U 2018 yil yozida amalga oshgandi. O‘shanda KXDRga nisbatan sanksiyalar yumshatilishi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Biroq bular amalga oshmay qolib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh KXDR

Baholaganlar

270

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing