Kiyevga uranli snaryadlar berilishining oqibati ayanchli bo‘ladi – Peskov

Olam

image

Oldinroq, Oq uy birinchi marta yangi yordam paketining bir qismi sifatida Ukrainaga so‘ndirilgan uranli snaryadlarini yetkazib berishini e’lon qilgan edi. Bunga Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov munosabat bildirib, Kiyevga uranli snaryadlar berilishi ayanchli oqibatlarga olib kelishini aytdi. Bu haqda u bugun, 7 sentyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.

“Ushbu so‘ndirilgan uranli qurollar Yugoslaviyada faol foydalanilgan. Bunday snaryadlardan foydalanish saraton kasalligiga chalinganlarning ahvolini yanada og‘irlashtiradi”, degan Peskov.

Matbuot kotibi shuningdek, Hindistonda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida  Putinning video havola orqali chiqishi rejalashtirilmaganini, ushbu sammitda Rossiya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilishini ham aytib o‘tgan.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya KXDRdan snaryad va raketalar sotib olishga majbur bo‘layotgani to‘g‘risida yozgan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina uranli snaryad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing