Kiyevga qurol yetkazib berish uchun “artilleriya koalitsiyasi” tuzildi
Olam
−
18 yanvar 2024
6180Fransiya va Ukraina Kiyevga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib berish uchun “artilleriya koalitsiyasi” tuzilganini e’lon qildi. Bu haqda Fransiya Qurolli kuchlari vazirligi saytida e’lon qilingan kommyunikeda aytildi.
“Qurolli kuchlar vaziri Sebastyan Lekornyu ukrainalik mavqedoshi Rustam Umarov bilan birgalikda ”Ukraina uchun artilleriya“ koalitsiyasini ishga tushirdi. Uning maqsadi ham qisqa, ham uzoq muddatda Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishdir”, deyiladi bayonotda.
Vazirlikning bildirishicha, Fransiya Ukrainaga jo‘natish uchun Caesar o‘ziyurar artilleriya tizimlarini ishlab chiqarishni oshirmoqchi.
“Nexter kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatini oshirishi 2024 yilda Ukraina uchun 72 dona Caesar o‘ziyurar qurollarini ishlab chiqarish imkonini beradi. Artilleriya koalitsiyasi doirasidagi o‘zaro hamkorlik barcha manfaatdor davlatlar ishtirokida gaubitsalarni yetkazib berishni moliyalashtirish imkonini beradi”, deyiladi bayonotda.
Lekornyuning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya 72 dona Caesar o‘ziyurar qurolidan 12 tasi uchun pul to‘lashga tayyor.
Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov bugungi konferensiyada qatnashishi kerak edi, biroq uning Parijga tashrifi “xavfsizlik sababli” bekor qilingan. Umarov yig‘ilishda video havola orqali ishtirok etgan. U Ukraina Qurolli kuchlari o‘q-dori tanqisligiga duch kelayotganini aytgan.
“O‘q-dorilar yetishmasligi va snaryadlarga ochlik – bizning qurolli kuchlarimiz uchun juda dolzarb masala”, degan Umarov.
Vazir G‘arb hamkorlaridan Kiyevga ushbu muammoni hal qilishda yordam berishni so‘rab, artilleriya salohiyatini kuchaytirishni Ukraina Qurolli kuchlarining asosiy ehtiyojlaridan biri deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sebastyan Lekornyu Fransiya Ukrainaga 2024 yil davomida har oy Sovet samolyotlari uchun moslashtirilgan 50 ta AASM bombasini yetkazib bermoqchiligini aytgandi.
LiveBarchasi