Kiyevdagi “Vatan” monumentidan SSSR gerbi olib tashlandi
Olam
−
06 avgust 2023 8081 1 daqiqa
Yevropadagi eng baland yodgorliklardan biri bo‘lgan “Vatan” haykalidagi sovet gerbi o‘rniga Ukrainaning milliy ramzi bo‘lgan uch qirrali nayza (“Trident”) o‘rnatildi. Bu haqda “Unian.net” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 6 avgust kuni ertalab uch qirrali nayza yodgorlik qalqoniga ko‘tarilishi boshlangan.
“Kiyevdagi “Vatan” monumentiga ertalab Ukraina gerbi – Trident o‘rnatildi”, deyiladi xabarda.
Gerb o‘rnatilgandan so‘ng, qalqonning tashqi ko‘rinishida kosmetik ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, “Vatan” yodgorligi Ikkinchi jahon urushi davridagi Ukraina tarixi milliy muzeyi hududida joylashgan bo‘lib, uning ochilish marosimi 1981 yilning 9 may sanasida o‘tkazilgan. SSSRning o‘sha paytdagi rahbari Leonid Brejnevning shaxsan o‘zi monumentni ochib bergan.
Shundan so‘ng, Brejnevga shaharning faxriy fuqarosi unvoni berilgan. 102 metrli haykal zanglamaydigan po‘latdan yasalgan bo‘lib, uning og‘irligi taxminan 25-30 tonnani tashkil qiladi. Haykal balandligi bo‘yicha Yevropada tengsiz hisoblanadi. Endilikda uning qalqonidagi SSSR gerbi Ukraina davlat ramzi – Tridentga almashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Live
Barchasi