Kiyev shahrining chiroqlari yona boshladi, biroq...

Olam

image

Ukraina poytaxti Kiyevdagi elektr tarmog‘i barqarorlashmoqda, biroq favqulodda vaziyatlarda shaharda chiroq o‘chishi holatlari hamon davom etmoqda. Bu haqda Kiyev shahar harbiy boshqarmasining Telegram sahifasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 28 noyabr kuni shahar aholisi 9 soatdan ortiq, 30 noyabr kuni esa 7 soatdan ortiq vaqt mobaynida elektr energiyasi ta’minotisiz qolgan. Ma’muriyat vakillari Kiyev aholisini elektr energiyasini tejashga chaqirdi, xususan, aholidan favqulodda chiroq o‘chishlaridan keyin uydagi barcha elektr jihozlarini bir vaqtning o‘zida yoqmaslik so‘ralgan.

“Elektr energiyasini tejab ishlatish uzilishlar vaqtini qisqartiradi va to‘liq elektr ta’minotini tezroq tiklaydi”, deyiladi ma’muriyat xabarida.

Avvalroq “Ukrenergo” rahbari Vladimir Kudritskiy Rossiyaning raketa hujumlari natijasida mamlakatdagi barcha yirik gidro va issiqlik elektr stansiyalari zarar ko‘rganini ma’lum qilgandi. 29 noyabr kuni Ukrainada elektr quvvati taqchilligi 30 foizga baholandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Amerikaning NASA kosmik agentligi sun’iy yo‘ldosh orqali Ukrainaning to‘liq zulmatda qolgani tasvirini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Elektr

Baholaganlar

448

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing