Kiyev Rossiyaning sulh haqidagi taklifini rad etadi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi qo‘shinlari Ukraina hududini tark etishi kerak, shundan keyingina "vaqtinchalik sulh" boshlanadi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak aytib o‘tdi.  

U Rossiya tomonidan e’lon qilingan sulhni “ikkiyuzlamachilik” deb atadi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Rossiya kabi xorijiy hududga hujum qilmaydi va tinch aholini o‘ldirmaydi. 

“Ukraina o‘z hududida faqat ishg‘olchi armiya a’zolarini yo‘q qiladi. Rossiya Federatsiyasi bosib olingan hududlarni tark etishi kerak – shundan keyingina u “vaqtinchalik sulh”ni boshlaydi.  Ikkiyuzlamachilikni o‘zingga ishlat”, deydi Podolyak. 

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilovga ko‘ra, Ukraina Rossiya bilan “Rojdestvo sulhi” bo‘yicha hech qanday muzokara olib bormaydi, rus qo‘shinlari Ukraina hududini tark etishi kerak. 

“Keling, amaliy tilda gaplashaylik. Va ular bu sulhni kimga taklif qilmoqdalar? O‘zimizgami? Oddiy yechim bor: ular chamadonlarini olib, axlatlarini olib, Rossiyaga ketishadi. Nuqta. Ular bilan muzokaralar olib borilmayapti”, deydi Danilov. 

Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibining ta’kidlashicha, Ukraina o‘z tuprog‘ida o‘zi to‘g‘ri deb bilgan ishni qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga 6 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 dan 7 yanvar kuni soat 24:00 ga qadar Ukrainadagi barcha o‘zaro to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni buyurdi. U Ukrainani ham Rojdestvo bayramida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Mixail Podolyak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing