Kiyev Rossiyaga qarshi sanksiyalar yumshatilishiga rozi bo‘lishi mumkin

Olam

image

G‘arb tomonidan Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvi doirasida bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning sanksiyalar siyosati bo‘yicha vakolatli vakili Vladislav Vlasyukka tayanib, bugun, 17 mart kuni “Politico” xabar berdi.

Vlasyukning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlarning Rossiya bilan u yoki bu shaklda biznes yuritishga qaytishi shunchaki “vaqt masalasi”, ammo bu to‘g‘ri sharoitlarda amalga oshishi kerak.

“Kelishuvlar doirasida qanday bekor qilishlar muhokama qilinishi mumkinligini aytishga hali erta. Hozir biz Rossiya birinchi navbatda bu yo‘nalishda muhim qadamlar qo‘yishiga ishonch hosil qilmoqchimiz, keyin esa sanksiyalarni bekor qilish haqida gaplashsak bo‘ladi”, deydi u.

Vlasyukning aytishicha, qaysi choralar eng og‘riqli ekanini bilish har doim foydali.

“Va biz bu vositadan oqilona foydalanishimiz kerak. Har qanday uzoq muddatli kelishuvning bir qismi sifatida Kiyev xalqimiz uchun adolat izlaydi, ehtimol u ukrainaliklar uchun tovon to‘lash”ni ham talab qiladi”, dedi ayni paytda Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar bo‘yicha xalqaro ishchi guruhi kotibi bo‘lgan Vladislav Vlasyuk.

Avvalroq NATO Bosh kotibi Mark Ryutte ham Moskva bilan munosabatlarni normallashtirishni istisno qilmagan edi.

“Agar urush to‘xtatilsa, bu normal bo‘lar edi, shunda Yevropa bosqichma-bosqich, AQSH ham qadamma-qadam Rossiya bilan normal munosabatlarni tiklaydi”, dedi Ryutte 13 mart kuni “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida.

16 mart kuni Vladimir Zelenskiy yana bir bor Rossiyani u boshlagan tajovuzkor urushni tugatishdan manfaatdor emaslikda aybladi.

“Ushbu haftada bizning shaharlarimiz va jamoalarimizga yuzlab hujumlar uyushtirildi. Rossiyaliklar 1020 dan ortiq hujumchi uchuvchisiz samolyotlar, 1360 ga yaqin boshqariladigan bomba va 10 dan ortiq turli xildagi raketalarni ishga tushirdi. Buni, albatta, urushning tezroq tugashini istaydiganlar qilmaydi”, deb ta’kidladi Ukraina Prezidenti.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya sanktsiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing