Kisida O‘zbekistonga tashrifini bekor qildi
Olam
−
09 avgust
16478Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safarini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda jurnalistlarga Yaponiya hukumati rahbarining o‘zi ma’lum qildi.
“Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘ulistonga tashrifni bekor qilishga qaror qilindi”, deydi Bosh vazir.
U Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etishi, keyin esa O‘zbekistonga kelishi kerak edi. Kisida tashrifini bekor qilishiga Yaponiya orollari hududida kuchli zilzila xavfi sabab bo‘lgan.
Bosh vazir kelgusi haftada hukumatning barcha sa’y-harakatlari vaziyatni kuzatish va Nankay yorig‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilaga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilganligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kisida Qozog‘istonda Markaziy Osiyoning besh mamlakati yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazishi va mintaqaga iqtisodiy yordam paketini e’lon qilishi kutilayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi