Kinematografiya sohasida tizim mutlaqo ishdan chiqqan – Kinoarboblar

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi kinematografiya sohasidagi ijodiy muhit hamda ishlab chiqarish jarayonida tizim mutlaqo ishdan chiqqanini iddao qilmoqda. Bu haqda kecha, 21 yanvar kuni O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi boshqaruv kengashi a’zolari hamda gildiyalar (jamoalar) yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan qo‘shma yig‘ilishda so‘z borgan. 

Unda qir qator kinoijodkorlar Boshqaruv a’zolari tomonidan O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zoligiga qabul qilingan.

Yig‘ilishda Boshqaruv a’zolari kinematografiya sohasidagi ijodiy muhit hamda ishlab chiqarish jarayonida tizim mutlaqo ishdan chiqqanligi oqibatida ko‘plab kinoijodkorlar noaniq, mujmal vaziyatga tushib qolayotgani, kinoloyihalarni amalga oshirish yillar davomida cho‘zilib, ijodiy guruh a’zolari kinokartinadan ketib qolayotganligi e’tirozli xolatlarga sabab bo‘layotgani haqida aytgan.

“Mazkur vaziyat yuzasidan Kinematografiya agentligi mutasaddilari bilan qo‘shma yig‘ilish o‘tkazish lozim, deb topildi. Boshqaruv a’zolari va Gildiyalar yetakchilari tomonidan kinoijodkorlarning O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri bilan muloqot o‘tkazish taklifi kiritildi”, deyiladi Uyushma xabarida.

Yig‘ilish kun tartibida kinoijodkorlarni qiynab kelayotgan masalalar muhokamasidan tashqari Uyushmaning 2022 yil faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti o‘qib eshittirilib, 2023 yil uchun ish rejasi ham belgilab olingan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasiga Matyoqub Matchonov raislik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kinorejissiyor Rustam Sa’diyev Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqovni “Baron 2” filmi uchun pullarini bermayotganlikda ayblab chiqqan edi. Shundan so‘ng, Agentlik Rustam Sa’diyevga nisbatan qonuniy javobgarlik talab qilishi mumkinligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rustam Sa'diev kinomatografiya Matyoqub Matchonov kinoarboblar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing