Kimlarga Hindiston va Turkiyaga borish uchun ruxsat beriladi
Jamiyat
−
08 may 2021
4455O‘zbekiston koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan tegishli tashkilotlarning taklifini inobatga olgan holda ayrim toifadagi shaxslarga Hindiston va Turkiyaga borishga ruxsat berildi.
Joriy yilning 10 mayidan Hindiston va Turkiyaga faqatgina:
• xizmat safariga boruvchi O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
• xorijda tahsil olayotgan talabalar;
• O‘zbekistonda yashash huquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolari;
• diplomatlar va ularning oila a’zolari;
• xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
• investitsiya loyihalari doirasida olib kelingan mutaxassislar;
• tranzit va transfer yo‘lovchilar;
• xorijda davolanish uchun ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda) aviachiptalarni sotish tizimi joriy etiladi.
Bunda Hindiston va Turkiyaga xizmat safariga boruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Respublika maxsus komissiyasining ruxsati bilan aviachiptalar sotiladi.
Xorijda tahsil olayotgan talabalar, O‘zbekistonda yashash xuquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolari, diplomatlar va ularning oila a’zolari, xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, investitsiya loyihalari doirasida olib kelingan mutaxassislar, tranzit va transfer yo‘lovchilar, xorijda davolanish uchun ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Hindiston va Turkiyaga borish maqsadida aviachipta xarid qilish uchun Respublika maxsus komissiyasining ruxsati talab etilmaydi.
Ularga aviachiptalar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan sotiladi, aeroportdan ro‘yxatdan o‘tishda aeroport xodimlari nazorati amalga oshiriladi.
Eslatib ztamiz, Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun mo‘ljallangan barcha charter qatnovlarni joriy yil 10 maydan boshlab epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar to‘xtatildi.
Shuningdek, Hindiston va Turkiyadan kirib kelayotgan fuqarolar uy yoki mehmonxona sharoitida karantinda bo‘lishlari yuzasidan tilxat to‘ldirishi majburiy etib belgilandi.
LiveBarchasi