Kimlar shifoxonada dori vositalari bilan bepul ta’minlanish huquqiga ega?

Bu qiziq

image

Biror kasallikka yo‘liqib shifoxonaga tushib qolgan insonlar davolanishi uchun dori vositalari zarur bo‘ladi.

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilinishicha, quyidagi shaxslar ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega:

•    onkologik kasalliklarga chalinganlar;
•    sil kasalligiga chalinganlar;
•    moxov kasalligiga chalinganlar;
•    endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;
•    ruhiy kasalliklarga chalinganlar;
•    OIV kasalligini yuqtirganlar;
•    yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;
•    o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;

•    1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
•    1941—1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;
•    Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;
•    baynalmilalchi jangchilar;
•    harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.


Maqola muallifi

Teglar

Shifoxona dori vositalari

Baholaganlar

39

Reyting

4.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing