Özbekistonda bepul dori vositalari turi 73 taga yetkaziladi

Salomatlik

−

image

Özbekistonda kelasi yil bepul dori vositalari turi 73 taga, tibbiy tekşiruvlar turi 36 taga yetkaziladi. Bu haqda bugun, 27 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning Köksaroy qarorgohida soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvida ma’lum qilindi.

Qayd etilişiça, uçraşuvda Prezident oşqozon, yöğon içak, prostata bezi va öpka saratonini erta aniqlaş işlari Samarqanddan boşlanib, 2028 yildan barça hududlarda joriy etilişini ma’lum qilgan. Bunga yiliga 700 milliard söm ajratiladi.

Qandli diabet, sil, yurak-qon tomir kasalliklari, ayollardagi ösmalar hamda bolalardagi onkogematologik xastaliklarni erta aniqlaş dasturlari ham davom ettiriladi.

Andijon, Farğona, Namangan, Samarqand va Toşkent şahrida infarkt va insultni erta aniqlaş hamda davolaş dasturi natijasida uşbu kasalliklardan erta ölim beş oyda 15 foizga kamaygan. Kasallik boşlanişidagi “oltin soat”da 855 nafar inson erta ölim va nogironlik asoratlaridan saqlab qolingan. Kelasi yil dasturga 280 milliard söm ajratilib, barça tuman va şaharlar qamrab olinadi.

Aholi uçun kafolatlangan paket ham kengaytiriladi. Kelasi yil bepul dori vositalari turi 73 taga, tibbiy tekşiruvlar turi 36 taga yetkaziladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing